Shuhrat Massa Allayarov (Ingl.. Shukhrat Massa Allayarov) ko’pchilikka MASSA tahallusi bilan tanilgan bo’lib, O’zbek reper, shoir, musiqiy produser, bastakor, boshlovchi va tadbirkor. Bugungi kunda ko’plab o’zbek tilidagi musiqiy ijod mahsullariga ega, xususan, rep yo’nalishidagi o’z qalamiga mansub she’rlar va musiqa yordamida yaratilgan qo’shiqlar hamda, birinchi bo’lib ko’cha she’riyati janrida ijro qilishi boshlagan.Uning shiori All or Nothing ya’ni Hammasi yoki Hechnima.
MASSA reper 1993 yil 2-Iyul kuni Toshkent shaxri O’zbekistonda tavallud topgan. Millati o’zbek. O’zbek tilidagi musiqiy ijodlarga 2018-yildan buyon o’z hissasini qo’shib kelayotgan yosh ijodkor, noananaviy sharq va g’arb uyg’unligidagi musiqalar yordamida rep yo’nalishidagi qo’shiqlarni yaratib kelmoqda. Asosan she’rlar o’z qalamiga mansub bo’lib, she’rlarida o’z shaxsiyati, hayoti va o’zbek o’g’loni hususiyatlari gavdalangan mavzular o’z ichiga olgan. Shuhrat MASSA Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetining Biznes Axborot Tizimlari yo’nalishi bakalavri bo’lib, lekin o’qishini yakunlamagan. Talabalik davrida oliy o’quv yurtining ijtimoiy hayotida faol qatnashib, turli tadbirlar ishtirokchisi bo’lgan va ijodiga asos sola boshlagan. Katta mehnat va tadbirkorlikka mehr qo’ygan ijodkorning bir qator loyihalari faoliyati bugungi kunda gullab yashnamoqda. Jumladan eng birinchi All Or Nothing Shop (23-Avgust 2016) onlayn va oflayn kiyim do’koni va All Or Nothing Records (23-Iyul 2017) ovoz yozish studiyasi. Rep musiqalari, oranjerovka, videokliplar yaratish (shu o’rinda MASSA o’zbek ijodkorlari orasida 360 gradus maydonni qamrab oluvchi videokamerada klip ishlagan birinchi ijodkordir), reperlar liboslari va bodybildingga bo’lgan qiziqishlari katta.
MASSA reper tahallusining asl ma’nosi bu 5ta so’zdan iborat bo’lgan abbreviatura bo’lib, Mehnat Asosida Sanoqsiz Soqqani Aylantirish degan tushunchani anglatadi. Xususan, O’zbek ko’cha sheriyati ya’ni repini o’zida mujassam etgan va milliy, Arab, O’rta Osiyo va G’arb yo’nalishlaridagi soz va musiqalar qo’llanilgan betakror musiqa va qofiyani mujassam etgan ijod mahsullarini ommaga 2018 yildan beri taqdim etib keladi. Hozirda asosan o’z shaxsiyati, hayoti va o’zbek o’g’loni haqidagi qo’shiqlari bilan tanilib, ijodini kengaytirmoqda. Uning ijodining asosi va asl mohiyati faqatgina qat’iyan o’zbek tilida, adabiy va jargon ya’ni ko’cha tilida ishlatiladigan so’zlar yordamida xalq qulog’i uchun iliq bo’lgan kuy va ashulalarni yaratish. Barcha treklari o’z professional musiqa bastalash va yozish studiyasida yaratilganligi tahsinga loyiq. MASSA Reper tomonidan yaratilgan qo’shiqlarni uning YouTube sahifasidan bahramand bo’lishingiz mumkin.
Shuhrat MASSA reperlik ijodidan tashqari reperlik kiyinish uslubini ham targ’ib etadi va o’z All Or Nothing brendiga eda. Ushbu brend reper, R&B va shu kabi yo’nalishlarda ijod etuvchi mashhurlar va nufuzli brendlar kiyim kechaklari, poyabzallari, bosh kiyimlari va aksesuarlari sotuvini yo’lga qo’ygan. Undan tashqari shaxsan Massa tomonidan yaratilgan original merchlar ham sotuvga qo’yilgan va undan ashqari ijod mahsullarini ham o’z MassaMusic.uz vebsayti orqali muxlislariga yetqazadi.
2019 yil ohiridan boshlab Massa boshlovchilik mahoratini ham namoyon etish va sayqallash maqsadida Zo’rTV telekanalida yo’lga qo’yilgan AvtoTuning loyihasida boshlovchilik qilib kelmoqda. Ushbu loyiha avtomobillarni tuning qilish ya’ni ularga o’zgacha ko’rinish, qulaylik va jixozlash maqsadida yo’lga qo’yilgan bo’lib, Massaning yana bir qiziqishi – avtomobillarga bo’lgan qiziqishini namoyon etgan. Loyiha avtomobil ishqibozlariga ham juda maqul keladi.
Omadga ishonmiman… Sizni omadiz kelib 1 kunda ingliz tilini o’rganib qomisiz, bu hammasi mehnat.
Shuhrat «Massa» Allayarov